Gero va Leandr
Gero va Leandr (qadimgi yunoncha: Ἡρώ qadimgi yunoncha: Ἡρώ va Λέανδρος) — qadimgi afsonaviy qahramonlar boʻlib, ular abadiy afsonaga aylangan.
Afsona syujeti
tahrirLeander — Troadadagi Abidoslik yosh yigit boʻlib, u Gellespontning narigi qirgʻoqi tarafida joylashgan Sesteda[1] istiqomat qiluvchi, Afroditaning joriyasiga koʻngil qoʻygan edi.
Har kecha Gero minorada olov yoqib, Leander boʻgʻozni suzib oʻtib, uning yoniga kelishini kutadi, Gero ham aynan oʻsha olovni mayoq sifatida bilib, u tomon harakatlanadi. Ammo bir kuni olov oʻchib qoladi va Leander oxirigacha suzib borolmay qoladi. Shunda tongda, uning oʻlik tanasi Geroning oyoqlariga suzib keladi. Uni koʻrgan Gero umidsizlikka tushib, minoradan oʻzini dengizga tashlaydi. Geroning minorasini keyinchalik Sestada[2][3] koʻrsatilgan.
Adabiy qayta ishlanma
tahrirGero va Leander haqidagi afsona, qadimgi sheʼriyatdagi kabi (Ovidiy[4], Musey Grammatika yunoncha sheʼri (taxminan mil.av. VI asr) „Gero va Leander“) zamonaviy davr adabiyotida (Fridrix Shiller, Frants Grilpartser) ham bir necha bor adabiy qayta ishlanishga duchor boʻlgan. Kristofer Marlo afsonaning erotik sheʼrini yaratgan va u ingliz Uygʻonish davri sheʼriyatining durdonalaridan biriga aylangan.
Rus adabiyotida ham quyidagi yozuvchilar tomonidan afsona syujetga murojaat qilingan: A.A.Fet („Gero va Leander“ sheʼri, 1847), A.I.Kuprin („Gero, Leander va choʻpon“ qissasi, 1929), Iosif Brodskiy („Tugallanmagan“ sheʼri, 1970).
Milorad Pavichning romanlaridan biri „Shamolning ichki tomoni deb nomlanib, u Gero va Leander haqida boʻlgan“. Unda qahramon yigit va qizning oʻrtasidagi fazodagi masofa — vaqt masofasiga almashtirilgan.
Tasviriy sanʼatda hikoya qilish
tahrirXIX asrning II yarmidagi britaniyalik rassom Frederik Leyton oʻzining sevgilisi, naturmodchi va dramatik aktrisa Doroti Dinni „Geroning soʻnggi soatlari“ suratida tasvirlagan (inglizcha: «The Last Watch of Hero», 1880)..Suratda, qahramon qiz oʻz sevgilisini intiqlik bilan kutayotgani tasvirlangan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Gero, v mifologii // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1893. — T. VIIIa. — S. 543.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |