Afrodita – yunon afsonasida dastlab hosildorlik, keyinroq sevgi va goʻzallik maʼbudasi. Afrodita dengiz xudosi va dengiz sayohatchilarining homiysi ham edi. Afsonalarga qaraganda, A. Dengiz koʻpigida tugʻilgan, asosiy ibodatxonalaridan biri Qibris o.ning Pafos shahrida boʻlgan. Afroditaga sigʻinish oldin Kichik Osiyo, Qibris oroli va boshqa orollarda keng yoyilgan boʻlsa, keyinroq Bolqon yarim orol va Yunonistonga tarqalgan. Afrodita qadimgi rimliklarda Venera deb yuritilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil