Isis
Isis (misrcha: js.t, qadimgi yunoncha: Ἶσις, lotincha: Isis) Misr mifologiyasida uchraydigan maʼbudadir. U oy maʼbudasi oʻlaroq tanilgandir. Hayot va sehr maʼbudasi sifatida, u ayollar va bolalarni muhofaza qiladi, kasallarga esa shifo bagʻishlaydi. Shuningdek, u Qadimgi Misrning eng buyuk maʼbudalaridan biri hisoblanadi.
Isis | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Nomi iyerogliflarda |
meroitik skriptda: Wos[a] yoki Wusa[2][3]
| ||||||||
Asosiy ibodat | Behbeit el-Hagar, Philae | ||||||||
Ramz(lar)i | Tyet | ||||||||
Shaxsiy maʼlumotlar | |||||||||
Ota-onasi | Geb va Nut | ||||||||
Aka-uka/opa-singillari | Osiris, Set, Nefis, Horus | ||||||||
Consort | Osiris, Min, Serapis, Horus | ||||||||
Avlodi | Horus, Min, Horusning toʻrt oʻgʻli |
Uning ramzlari — anx, qanotlari hamda bosh kiyimi. U hayot, oʻlim va hosildorlik xudosi sanalmish Osirisning singlisi va rafiqasi boʻlgan. Ularning Horus ismli farzandi ham boʻlgan.
Misrda
tahrirRoli
tahrirOsirisning vafoti va tirilishi haqidagi mif sikli ilk marotaba Piramida yozmalarida uchraydi hamda butun Misr miflarining eng mufassal va taʼsirlisiga aylandi.[4] Isis ushbu mifda boshqa bosh qahramonlarga qaraganda ancha faol rol oʻynaydi, shu sababdan u Yangi Qirollikdan (miloddan avvalgi 1550–1070-yillar) to Ellinistik davrgacha (miloddan avvalgi 305–30-yillar) adabiyotlarda rivojlanib, barcha Misr maʼbudalari orasida eng murakkab adabiy qahramonga aylandi.[5] Shu bilan bir qatorda, u boshqa maʼbudalarning oʻziga xos xususiyatlarini oʻzlashtirdi, bu uning taʼsirini Osiris mifi tashqarisida ham kengayishiga xizmat qildi.[5]
Manbalar
tahrir- ↑ Hart 2005, s. 79.
- ↑ Quack 2018, s. 108.
- ↑ Rilly & de Vogt 2012, s. 37.
- ↑ Wilkinson 2003, s. 119.
- ↑ 5,0 5,1 Vinson 2008, ss. 313–316.
Adabiyotlar
tahrir- Gods and Goddesses of Ancient Egypt by Janeen R, Adil
Havolalar
tahrir- http://www.touregypt.net/godsofegypt/isis.htm (ingl.)
- http://www.ancient-egypt.org (ingl.)
- http://www.touregypt.net/isis.htm (ingl.)
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |