Zino (arabcha: الزنا, buzuklik, fahsh, zinokorlik) - islom aqidasi boʻyicha erkak va ayolning sharʻiy nikohsiz jinsiy aloqada boʻlishi. Shariatda zino uchun yuz darra urishdan tortib oʻlim (toshboʻron qilish) jazosigacha belgalangan. Lekin jazoga hukm qilish uchun zino bilan ayblanuvchilarning oʻzlari iqror Boʻlishi yoki toʻrtta ishonchli guvohning boʻlishi shart

Logo of zina haram.

Zino (arab. — buzuklik, fahsh, zinokorlik) — islom aqidasiga koʻra, erkak va ayolning sharʼiy nikohsiz jinsiy aloqada boʻlishi. Zino islomda qattiq qoralanadigan gunohlardan hisoblanadi. Qurʼonda "Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki (bu) buzukliqdir — eng yomon yoʻldir", deyilgan (17:32). Shariatda Zino uchun yuz darra urishdan tortib oʻlim (toshboʻron qilish) jazosigacha belgilangan. Lekin jazoga hukm qilish uchun Zino bilan ayblanuvchilarning oʻzlari iqror boʻlishi yoki toʻrtta ishonchli guvohning guvoxlik berishi shart qilingan. Aks holda, diniy manbalarda aytilishicha, arzimagan sabablar bilan insonning obroʻsi toʻkilishi, igʻvogar, boʻhtonchilarga qoʻl kelishi mumkin.[1] Aks holda, - diniy manbalarda aytilishicha - arzimagan sabablar bilan insonning obroʻsi toʻkilishi, igʻvogar, boʻhtonchilarga qoʻl kelishi mumkin. Yuz darra urishga hukm etilgan zino qiluvchi (zinokor) er va ayol avval uylanmagan, turmush qurmagan boʻlishi kerak. Ammo, uylangan, turmush qurgan boʻlsa, ularni oʻlguncha toshboʻron qilinishi belgilangan.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil