Finikiya — Oʻrta dengizning sharqiy sohilidagi qad. viloyat. Rivoyatlarga koʻra, F.ning aholisi Eritreya dengizi sohillaridan kelgan; ayrim finikiyalik tarixchilarning fikricha, finikiyaliklar F.ning tub aholisidir. Miloddan avvalgi 5—4 ming yillikda F. oʻzining qulay geografik joylashuviga koʻra, Mesopotamiya va Nil vodiysi aholisi bilan faol savdo-sotiq olib borgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik boshlarida quldorlik shahardavlatlari: Ugarit (RasShamra), Sidon (Sayda), Beruta (Bayrut), Arvad(Arad), Tir (Sur) va boshqa vujudga kelib, ular miloddan avvalgi 12-asrgacha Misr firʼavnlari qoʻl ostida boʻlgan. Miloddan avvalgi 13-asr oxiri — 12-asrning boshida F. nihoyat Misr mustamlakasidan xalos boʻlgan. Miloddan avvalgi 1ming yillikda F. Oʻrta dengiz sohil boʻyining Markaziy va Gʻarbiy qismini egallab, bu yerlarga kuplab finikiyalik savdogarlar va qaroqchilar kelishi avj olgan. Tasos o.da temir rudasi konlari ochilgan, Melkart xudosi ibodatxonasi va kichik qishloq bunyod etilgan. Atlantika okeaniga tutashgan Shimoliy Afrika soxillarida, Like, Ispaniyaning jan. kismida, Gades, Malaka, Seksi, Abdera, Sitsiliyada Motiya, Panorm va Sardiyada Nora shaharlari qad. koʻtargan.

F.da hunarmandchilik, savdo-sotiq, kemasozlik juda taraqqiy qilgan; dengiz yoʻllaridan keng foydalanilgan. Shaharlar oʻrtasida hukmronlik uchun kurashlar natijasida kucheizlangan F. miloddan avvalgi 8—7-asrlarda Ossuriyaga, miloddan avvalgi 6-asrda Bobilga, miloddan avvalgi 539 yildan 332 yilgacha axomaniylar davlatiga boʻysungan. F. miloddan avvalgi 332 yildan makedoniyalik Aleksandr davlati, miloddan avvalgi 3-asr oʻrtalaridan Salavkiylar davlati qoʻl ostida boʻlgan. Shu vaqtdan boshlab F.da ellinlashtirish jarayoni kuchaygan. Oʻrta dengiz boʻyidagi Delos, Afina va boshqa shaharlarda finikiyalik savdogarlarning faktoriyalari va uyushmalari paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 2— 1-asrlarda Kiprda YunonFinikiya podsholigi vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 63 yildan boshlab F. Rimning Suriya provinsiyasi tarkibiga kirgan. Astasekin finikiyaliklar Suriyaning boshqa aholisi tarkibiga singib ketgan.