Odissey (lotincha: Yuliss) — Qadimgi Yunoniston polisi Itakaning afsonaviy podshohi hisobnalib, Gomerning Odisseya dostoni mazkur shaxsga, xususan uning Troya urushidan Yunonistonga qaytish chogʻidagi sarguzashtlariga bagʻishlanadi. Qahramon, shuningdek, Gomerning yana bir epik dostoni, Iliadaning ham bosh personajlaridan hisoblanadi. Odissey oʻzining zukkoligi, ayyorligi va quvligi bilan mashhur va shu sababli ham Ayyor Odissey laqabi bilan tanilgan.

Kelib chiqishi tahrir

Odisseyning kelib chiqishi haqida bizga juda kam maʼlumot yetib kelgan. Uning ota tomonidan bobosi Arsey boʻlsa, ona tomondan bobosi oʻgʻri Avtolik (Germes va Xionning oʻgʻli) boʻlgan. Bu maʼlumot Odisseyning Olimp xudolaridan biri Germesning abirasi boʻlganligidan dalolat beradi.

Manbalar tahrir