Germesyunon mifologiyasida dastlab chorvador va choʻponlar xudosi, poda va yaylovlar homiysi. Zevs va Mayyaning oʻgʻli. Keyinchalik yoʻl, yoʻlovchilar,savdogarlar va savdo homiysi, oʻlchovlar, sonlar va lira (musiqa asbobi) ixtirochisi sifatida sigʻinilgan. G. olimp xudolarining xabarchisi, marhumlarning jonini aid (yer osti saltanati, doʻzax)ga oʻtkazuvchi hisoblangan. Koʻpincha patli shippak kiyib olgan yigitcha koʻrinishida tasvirlangan. Qad. Rim mifologiyasidagi Merkuriyga toʻgʻri keladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil