Gersdorfit (Avstraliyadagi nikel koni egasi Gersdorf nomidan) —mineral. Kimyoviy formulasi NiAsS. Kub singoniyali. Kristallar va mayda donachalardan iborat. Rangi kumushsimon oq, kulrang. Yaltiroqligi metallsimon. Qattiqligi 5,5. S. of. 5,6-6,2. G. gidrotermal yertomirlarida hosil boʻladi. Kam uchraydi. G. Oʻrta Osiyoda Olmaliq, Oktepa (Qurama togʻi), Tasqazgʻan (Qizilqum) va Boʻzatov (Qoraqalpogʻiston) da maʼlum. Rossiya Federatsiyasi (Ural togʻi), Germaniya (Gars), Marokash (Ayt-Ahmat), Avstriya va b. joylarda topilgan. Amaliy ahamiyati kam.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil