Gess German Ivanovich [1802.26.7(7.8), Jeneva -1850.30.11(12.12), Peterburg] —rus kimyogari, Peterburg Fanlar akademiyasi akademik (1830). Peterburg togʻ-kon instituti professor (1832—49). G. kimyoviy hodisalarni issiqlik haqidagi taʼlimot nuqtai nazaridan tekshirib, 1840-yilda termokimyoning asosiy qonuni —issiqlar yigʻindisining doimiyligi haqidagi qonunni kashf qildi (qarang Gess qonuni). 1842-yilda u tuzlar eritmalari bir-biriga qoʻshilganda issiqlik ajralib chiqmasligi va yutilmasligini (termoneytrallik qoidasini) koʻrsatib berdi. G. platinaning katalizatorlik xossalarini vodorod bilan kislorodning oʻzaro taʼsir etishi misolida batafsil oʻrgandi. G. 4 yangi mineral topdi; mum, yogʻoch smolalar, neft pirogenez mahsulotlari va b. moddalarning kimyoviy xossalarini oʻrgandi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil