Gessit (Shveysariya kimyogari G. Gess nomidan) —mineral. Kimyoviy formulasi Ag2Te. Monoklin singoniyali. Yaltirokligi shishasimon, metallsimon. Rangi qoʻrgʻoshinsimon kulrangdan poʻlatsimongacha. Qattiqligi 2—3. S ogʻ. 8,2-8,4. G. gidrotermal yertomirlarida hosil boʻladi. Massiv, zich, zarrasimon massalar. Oʻzbekistonda oltin (Qoʻshbuloq, Pirmirob, Burgunda) va mis (Qalmoqqir) konlarida topilgan. RF (Oltoy), Ruminiya (Botes), Avstraliya (Kalgurli), AQSH (Red-Klaud)da bor. Qumush olinadigan ruda.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil