Geterobatmiya (getero... va yun. bathmos —daraja, bosqich) —organizm turli qismlarining har xil darajada evolyutsion rivojlanishi. G. koʻproq oʻsimliklarda kuzatiladi. Masalan, Trochodendraceae va Tetradendraceace oilalarining vakillarida haqiqiy oʻtkazuvchi naylar sistemasi juda sodda tuzilgan boʻlishiga qaramay, gullari yuqori darajada ixtisoslashgan. Magnoliyadoshlarda esa, aksincha, gullari sodda tuzilgan boʻlsada, oʻtkazuvchi naylar sistemasi tuzil ishi evolyutsiya nuqtai nazaridan ancha ilgari surilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil