Geterodin (getero... va yun. Dynamis — kuch) — kichik quvvatli elektron lampa; yarimoʻtkazgichli yuqori chastota generatori. G. koʻp lampali supergeterodin radiopriyomniklar va radiooʻlchash asboblarda yuqori chastota signallarini oʻzgartirish uchun ishlatiladi. Radiopriyomniklar qabul qilgan u yoki bu chastotali tebranishlarni chegaralangan oraliq chastotali tebranishlarga oʻzgartirib beradi. Soʻngra bu oraliq chastotali signallar kuchaytiriladi. G. chegaralangan oraliq chastotali priyomnikning tuzilishi va sozlash jarayonini soddalashtiradi, katta kuchaytirish koeffitsiyentiga erishish imkonini beradi, radiopriyomniklarni ancha takomillashtiradi, ularning sezgirligi va puxtaligini oshiradi (yana q. Elektron lampalar, Yarimoʻtkazgichli asboblar).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil