Geterogen reaktor
Geterogen reaktor - atom reaktorit bir xili; unda yadro yonilgʻisi (uran, plutoniy) faol (aktiv) zonaning boshqa elementlari va materiallaridan alohida oʻrnatiladi. Yadro yonilgʻisi bilan susaytirgich (fafit, suv, berilliy va hokazo) yaxlit sistemani tashkil qilmaydi, susaytirgichlar yadro yonilgʻisiga nisbatan turlicha oʻrnatiladi. Masalan, atom elektr st-yasidagi uran-grafitli G. r.da uran tayoqchalari grafit bloklaridagi ish kanallariga oʻrnatiladi. Issiqlik ajratadigan elementlarni sovitish uchun G. r.da katta (140 atm) bosimli suv, geliy, baʼzi metallar (mas, natriy va b.) ishlatiladi. Bular yadro yonilgʻisidan issiqlik olib, isteʼmolchiga yetkazadi. Yonilgʻi yadrolarining boʻlinish reaksiyasini boshqarib turish uchun borli poʻlat, bor yoki kadmiy karbid qoʻllanadi. G. r. ilmiy tadqiqot oʻtkazish, elektr energiya hamda boyitilgan uran (yoki plutoniy) olish uchun oʻrnatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |