Geterokarion (getero... va yun. karyon — yadro) — ikki va undan ortiq har xil genotipli gaploid yadro hujayra. Gifalarning oʻzaro qoʻshilishidan hosil boʻladi. Bir xujayrada har xil sifatli yadroning boʻlishi geterokarioz deyiladi. G. zamburugʻlarda jinsiy jarayon bosqichi sifatida keng tarkalgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil