Getlar (Getae) — daklarga qardosh boʻlgan qad. frakiy qabilalari; mil. av. 5-asrda Bolqon ya. o. bilan Dunay daryosi oraligʻidagi hududda yashashgan (Gerodot). Mil. av. 512 y.daDoro I ga qattiq qarshilik koʻrsatgan. Getlarga qarshi Aleksandr (Iskandar Maqsuniy) ham urushgan. Mil. av. 1-asrda getlar Dunayning quyi oqimining har ikki tomoni — gʻarbda Osim daryosidan sharkda Qora dengiz qirgʻoklarigacha yoyilgan hududda yashagan (Ptolemey, Strabon, Ovidiy). Getlarning asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik va chorvachilik. Mil. av. 1-asrning 60-y.larida getlar qudratli harbiy qabila ittifoqi barpo etgan va birmuncha muddat Gʻarbiy Pont shaharlarida Rim hukmronligiga chek qoʻyilgan. Mil. av. 29—27 yillarda Rim sarkardasi Mark Krase getlarni Rimga tobe ettirgan, birok Rimning hukmronligi mustahkam emasdi, chunki getlar ozodlik urushini davom ettirmoqsa edilar. Faqat 106 y. Trayan getlarni uzil-kesil boʻysundirib, ularni yangi tashkil etilgan Rim viloyati Dakiya tarkibiga kiritgan. Getlarning ozodlik kurashi ayniqsa 3-asrda, var-varlarning Rim imperiyasiga hujumi davrida kuchaygan. Natijada Dakiyada Rim hukmronligiLvreliandavri (270— 275) ga kelib barham topgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil