Getman (polyakcha hetman, nem. Hauptmann — boshliq soʻzidan) — 1) Ukrainada 16—17-asr 1-yarmida kazaklar rahbari, 1648 y.dan Ukraina hokimi va kazak qoʻshinlari boshligʻi; bir qator dehqon-kazak koʻzgʻolonlari rah-bari; 2) Polshada 15—16-asrlarda yollanma qoʻshinlar qoʻmondoni, 16—18-asrlarda butun armiya (barcha qoʻshinlar) qoʻmondoni.

GETTERLAR (inGetman getters), gaz yutuvchilar — kimyoviy oʻzaro taʼsir yoki adsorbsiya natijasida gazlarni (inert gazlardan tashqari) bogʻlash xossasiga ega moddalar. Getman boshqa gazlar bilan taʼsiri, kimyoviy faolligi, ularni eritish (absorbsiya) yoki sirtida ushlab qolish xossalari bilan farqlanadi. Getman vakuum asboblarida inert gazlarni qoldiq gazlardan, qoʻshimchalardan va bugʻlardan tozalashda ham qoʻllanadi. Sanoatda bugʻlanadigan va bugʻlanmaydigan Getman ishlatiladi. Bugʻlanadigan Getman gazlarni asbob devorlarida metalli koʻzgu hosil qilib bogʻlaydi. Bunday Getman temir, nikel yoki mis sim yuzasidagi bariydan tashkil topgan boʻlib, tegishlicha (feba, niba, kuba) nomlanadi. Bugʻlanmaydigan Getman — tantal, titan, sirkoniy, niobiy, toriy, shuningdek lantan, seriy va b. nodir elementlar — asosan gazlarning erish yoki adsorbsiyalanishi natijasida bogʻlaydi. Bunday Getman asboblarga kukun holida joylashtiriladi yoki ulardan shu asboblarning ayrim qismlari yasaladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil