Geveliy Yan
GEVELIY (Hekelius) Yan (1611.28.1-Gdansk —1687.28.1) — polyak astronomi. 1641-yilda Gdanskda Yevropada eng yirik rasadxona kurgan. "Selenografiya yoki Oy relyefining bayoni" (1647) asarini yozib, selenografiyaga asos solgan. Oyning batafsil haritasini (1647), 1564 yulduzning katalogi (roʻyxati)ni (1687) tuzgan. G. Kuyosh holati jadvalini takomillashtirgan; Oyning optik libratsiyasini topgan (qarang Oy libratsiyasi) va 4 kometani kashf qilgan. 1690-yilda "Yulduzlar osmonining atlasi" ("Uranografiya") chop ettirilgan. Mazkur atlas akademik V. P. Shcheglov tomonidan bir necha marta qayta nashr qilingan. Atlasda keltirilgan ikki gravyurada oʻsha davrning mashhur astronomlari orasidan Ulugʻbekka ham faxrli oʻrin berilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |