Jaroslav Heyrovský
(Geyrovskiy Yaroslavdan yoʻnaltirildi)
Jaroslav Heyrovský (1890.29.12 - Praga - 1967.27.3) - chex kimyogari. Chexoslovakiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1952-yildan). Praga universiteti professor (1922-yildan), Praga fizika-kimyo instituti, Praga Davlat polyarografiya instituti direktori (1950-yildan), 1964-yildan mazkur institut uning nomi bilan atalgan. Tadqiqotlarning polyarografik usuli asoschisi. Yapon olimi M. Shikata bilan hamkorlikda analitik kimyo uchun birinchi polyarograf yasagan. Nobel mukofoti laureati (1959)[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |