Gibrid hisoblash mashinasi — raqamli va analog hisoblash mashinalari (REHM va AEHM) asosida tashkil topgan qurilma. G. h. m.da axborot analog va raqamli koʻrinishda ifodalanadi. AEHM va REHM lar hisoblash va boshqaruvga oid arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi hamda ularni bir koʻrinishdan boshqa koʻrinishga oʻtkazadi, turli masalalarni aniq yechadi, ularning ish unumdorligini oshiradi.

G. h. m.da masala 2 qismga boʻlib yechiladi: bir qismi REHM yordamida, ikkinchi qismi esa AEHM da hal qilinadi. REHM da aniklik darajasi yuqori boʻladigan masalalar yechilib, qolgan qismi AEHM da yechiladi. Chiziqsiz tenglamalarni hisoblash qiymati, bir-biriga yaqin katta sonlar ayirmasini hisoblash, koordinatalarni oʻzgartirish, vaqt birligida oʻzgaruvchan qiymatlarni integrallash kabi koʻplab amallar REHM da yechiladi. Tez oʻzgaruvchan jarayonlarni aks ettiruvchi chiziqli differensial tenglamalarni yechish, aniklik darajasi kichik boʻlgan empirik bogʻlanishlarni tekshirish va boshqaruv jarayonida aniq obyekt bilan bogʻlanish uchun AEHM ishlatiladi (yana q. Analog hisoblash mashinasi, Raqamli hisoblash mashinasi).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil