Gidratlar (yun. hydor - suv) - oddiy va murakkab moddalar (tuzlar, kislotalar, asoslar va organik birikmalar)ning gidratlanishi natijasida hosil boʻladigan qattiq, suyuq yoki gaz holidagi moddalar. Gidratlar tarkibidagi suv molekulalar shaklida buladi. Kimyoviy formulalarda suv ayrim yoziladi, mas, MgCl2-6H2O yoki [Mg(H2O)6Cl2j. Haroratni oshirib yoki atrofdagi bugʻ bosimini kamaytirib, gidratlardagi suvni yoʻqotish mumkin. Baʼzi tabiiy minerallar (gips, kizerit, karnallit va hokazo) gidratlardan iborat. Magniy xlorid MgCl2 2, 4, 6, 8 va 12 molekula suvli kristall ogidratlar hosil qiladi. Suvli eritmalarda gidratlar holida kristallangan tuzlar, kislotalar va asoslar kristallogidratlar debataladi, ulardagi suv esa kristallizatsiya suvi deb yuritiladi. Kristallogidratlar kimyoviy individual moddalar sifatida namoyom boʻladi.

Kolloid holidagi zarralarning gidratlanishi natijasida adsorbsion gidratlar vujudga keladi. Ularning tarkibi oʻzgaruvchan boʻlib, bugʻ bosimi va temperaturasiga bogʻliq, mas, silikat kislota gelida 25% gacha suv boʻlishi mumkin. Baʼzi moddalar (mas, seolitlar, proteinlar) kristallari ham bir qadar suv molekulalarini yuta oladi. Gidroksidlar, spirtlar va uglevodlar gidratlar emas, chunki ularda suv molekulalari oʻrniga element yoki gidroksil guruh (N va ON) boʻladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil