Gidravlik sakrash
Gidravlik sakrash - ochiq oʻzanda oqayotgan suv sathining keskin (sakrab) koʻtarilib ketish hodisasi. Odatda suv oqimini gidrotexnika inshooti (mas, toʻgʻon) teshigidan oʻtkazish paytida yuz beradi. Teshikdan bosim ostida zarb bilan toʻlqinlanib chiqayotgan suv tinch oqish holatiga oʻtayotganda kuzatiladi. Dastlab suv sirtida paydo boʻlgan oʻrkachlar ichida havoga toʻyingan suv murakkab aylanma harakatda boʻladi, suv sathi keskin koʻtarilib ketadi. Keyin suv bir oz tinchlanib, meʼyoriy satxda oqa boshlaydi. G. s. tufayli oʻzan qirgʻoqlari yuvilishi va oʻpirilishi mumkin. G. s. nazariyasini gidravlika fani oʻrganadi. G. era doir nazariy maʼlumotlar gidrotexnika inshootlarini loyihalashda asqotadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |