Gidravlik turbina
Gidravlik turbina, gidroturbina — suyuqlik oqimi (mas, dare suvi) yordamida ishlaydigan turbina. Ishlash tarziga qarab, gidravlik turbina faol turbina (suv oʻz tabiiy okimi bilan taʼsir qiladi) va reaktiv turbina (suv bosim ostida beriladi)ga; tuzilishi boʻyicha vertikal va gorizontal xillarga boʻlinadi. Faol G.- t. lar ichida kovsh (choʻmich)li turbinalar keng tarqalgan. Reaktiv gidravlik turbina lar suv oqimi yoʻnalishi boʻyicha oʻqaviy va radial-oʻqaviy turbinalarga boʻlinadi. Yirik gidravlik turbina ish gʻildiragining diametri 10 m ga yetadi, quvvati 500 MVt dan oshadi. gidravlik turbina dan gidroelektr st-yalarda generatorlarni harakatlantirish uchun foydalaniladi.
Gidroturbina, suv turbinasi —suvning mexanik energiyasi hisobiga valga aylanma harakat beradigan parrakli gidravlik dvigatel. Asosan GES larda elektr generatorlarki harakatga keltirish uchun qoʻllanadi. Ishlash tarziga kura G. faol (aktiv) va (reaktiv) xillarga, ish gʻildiragi valining joylashtirilishiga koʻra, vertikal, gorizontal va qiya oʻrnatiladigan xillarga boʻlinadi. G.ning asosiy ish organi ish gʻildiragi. Faol G.da suv erkin oqimda ish gʻildiragiga soplo orqali, reaktiv G.da esa suv bosim ostida yoʻnaltiruvchi apparat orqali beriladi. Faol G.da ish gʻildiragiga keladigan va undan chiqadigan suv bosimi bir xilda (atmosfera bosimiga teng) boʻladi. Reaktiv G.da ish gʻildiragiga beriladigan suv bosimi atmosfera bosimidan ortiq, undan chiqadigan suvning bosimi esa atmosfera bosimidan ortiq yoki kam boʻlishi mumkin. Suv oqimining ish gʻildiragiga taʼsiri yoʻnalishi boʻyicha reaktiv G. oʻqaviy va radial-oʻqaviy xillarga, quvvatni rostlash usuli boʻyicha bir marta rostlanadigan va ikki marta rostlanadigan xillarga boʻlinadi. Faol G. koʻpincha kovshli qilib tayyorlanadi. Ular parsial va noparsial xillarga boʻlinadi. Parsial G.da suv ish gʻildiragiga bir yoki bir necha soplolar orqali keltiriladi va unda bir vaktning oʻzida ish gʻildiragining bir yoki bir necha parragi ishlaydi. Noparsial G.da suv bitta halqasimon oqimda beriladi va ish gʻildiragining barcha parraklari bir vaqtda ishlaydi. Yirik G.lar tezlikni avtomatik rostlash qurilmalari bilan jihozlanadi. Gidroakkumulyatsiya elektr stansiyalari va koʻtarilish suv elektr stansiyalarida nasos rejimida ham, turbina rejimida ham ishlaydigan nasos-turbina hamda dvigatel rejimida ham, generator rejimida ham ishlaydigan dvigatel-generatordan tashkil topgan gidroagregatlar qoʻllanadi. Yangi G.ni yaratishdagi asosiy omillar: quvvatni oshirish, G.ni takomillashtirish, sifatini yaxshilash, uskunalarning puxtaligi va koʻpga chidamliligini oshirish va b.
Gidruturbina turlari
tahrirPelton turbinasi
tahrirSuv energiyasini (kinetik va potentsial suv energiyasini) mexanik energiyaga aylantiradigan impuls turbinasi. Keyinchalik bu mexanik energiya elektr alternator yordamida elektr energiyasiga aylantirilishi mumkin. Ushbu turdagi turbina 1880-yilda Lester Pelton tomonidan yaratilgan. U ancha sodda dizaynga ega. Katta aylana disk, g'ildirak atrofida teng ravishda joylashgan chelaklar deb nomlanuvchi chashka shaklidagi pichoqlar o'rnatilgan. Odatda, chelaklar disk atrofida juft bo'lib joylashtirilgan bo'ladi.
Kaplan turbinasi
tahrirBu bir necha o'n metrgacha boʻlgan kichik suv sathlari uchun ishlatiladigan gidravlik reaktiv turbinadir. Oqim har doim bo'lagnligi uchun ko'proq energiya olish mumkin. U 1913-yilda avstriyalik professor Viktor Kaplan tomonidan ixtiro qilingan.
Frensis turbinasi
tahrirGidroelektr energiyasini ishlab chiqarish uchun dunyoda eng ko'p ishlatiladigan elementlardan biri. U Jeyms B. Frensis tomonidan ishlab chiqarilgan va reaktsiya va aralash oqim orqali ishlaydigan turbo mashinadir. Ular turli xil sakrash va oqimlarni berishga qodir va ikki metrdan bir necha yuz metrgacha boʻlgan nishablarda ishlaydigan gidravlik turbinalardir.
Yana qarang
tahrirAdabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |