Gidravlik uzatma
Gidravlik uzatma — mashina, stanok va mexanizmlarda boshqaruvchi (yetakchi) valdagi mexanik energiya yoki harakat boshqariluvchi (yetaklanuvchi) valga suyuqlik vositasida uzatib beriladigan mexanizmlar majmui. Asosan hajmiy va gidrodinamik turlari bor. Vazifasiga koʻra, mexanik energiya oʻzgartirish yoki uzatishga moʻljallangan yoki boshqarishni avtomatlashtirish maqsadida harakatni oʻzgartirishga moʻljallangan xillarga boʻlinadi. Yetakchi kuch va burovchi momentining qiymati oʻzgartirilib uzatiladigani gidravlik uzatma gidrotransformator, oʻzgartirilmay uzatiladigani gidromufta deyiladi. Masalan, gidromufta (rayem) suyuqpik toʻldirilgan korpus 1, markazdan qochirma nasosga oʻxshab ishlovchi impeller 2 va gidroturbina ish gʻiddiragiga oʻxshab ishlovchi repeller 3 dan iborat. Gidravlik uzatmaning ishi markazdan qochirma kuch va burovchi moment taʼsiriga asoslangan. Vallarni birbiridan ajratish uchun mufta korpusini suyuqlikdan boʻshatish yoki suyuqlik bilan toʻldirish kerak. Gidravlik uzatma uzatmalar sonini ohista, pogʻonasiz, shovqinsiz oʻzgartirishga imkon beradi. Gidravlik uzatma avtomobillar, samolyotlar, teploxodlar, teplovozlar, stanoklar, ventilyatorlar, nasoslar va boshqalarda keng qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |