Akvafobiya
(Gidrofobiyadan yoʻnaltirildi)
Gidrofobiya (gidro — suv va yun. phobos —choʻchish, qoʻrqish), suvdan choʻchish —qoʻrquv holati; bemorga bir qultum suv ichirilsa, suv koʻrsatilsa yoki suv eslatilsa, uning yutish muskullari tortishib qoladi, u qattiq choʻchib tushadi va ogʻriq sezadi. Quturish, qoqshol, isteriyada kuzatiladi.