Bosh menuni ochish

Gidroksidlar —metallarning umumiy formulasi Me(ON)p boʻlgan (bu yerda p —metallning oksidlanish darajasi) anorganik birikmalari. Asoslik va amfoterlik xossalariga ega boʻlishi mumkin. Ishqoriy, ishqoriy-yer metallar va Te(1) G.i ishqorlar deyiladi. Eritmaning muhitiga qarab ham kislota, ham asos xossasiga ega boʻlgan. G.: Zn(OH)2, Be(OH)2, Ga(OH)3, A1(ON)3, Sn(OH)2, Pb(OH)2 va b. amfoter G. deyiladi. Ular kislotalar taʼsirida tuzlar, kuchli asoslar taʼsirida esa gidroksokomplekslar hosil qiladi. Mas, rux gidroksidi kislota bilan ham, asos bilan ham reaksiyaga kirishadi.

G. i (LiOH dan tashqari) qizdirilganda suyuqlanadi, boshqa G. esa, jumladan LiOH ham parchalanadi, mas, Cu(OH)2 -" CuO+H2O.

G. metall oksidlarini suv bilan biriktirib olinadi. Baʼzi element oksidlari suvda erimaganligi sababli ularning G.ini olish uchun tualariga ishqor taʼsir ettiriladi. Deyarli hamma elementlarning G.i aniqlangan. Ularning baʼzilari tabiatda minerallar (mas, gidrargillit A1(ON)3, brusit Mg(OH)2) holida uchraydi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil