Gidrologik axborot — suv manbalari (daryo, koʻl, suv ombori va hokazo) ning oʻtgan davrdagi, hozirgi va kelajakda kutiladigan holati haqidagi gidrologik maʼlumotlar toʻplami. Gidrologik maʼlumotlar maxsus kuzatish joylari (gidrologik stansiya va gidrologik kuzatuv manzilits) toʻplanadi. Bu maʼlumotlar qayta ishlanib, tahlil qilinib G.a. sifatida umumlashtiriladi. G. a. aholi, ishlab chiqarish va b. manfaatdor muassasalarga maxsus rasmiy xabarnoma (byulleten) yoki ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, gazeta) orqali yetkaziladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil