Gidrologik tarmoqlar
Gidrologik tarmoqlar -suv manbalari (daryo, koʻl, suv ombori, kanal)ning gidrologik rejimini oʻrganish maqsadida gidrologik kuzatishlar olib boradigan maxsus manzillar (gidrologik stansiya, gidrologik kuzatuv manzili) majmui. Oʻzbekistondagi G.t.ning asosiy qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi (Boshgidromet) tasarrufida. Umumdavlat G.t.dan tashqari ayrim muassasalar (mas, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va b.) ga qarashli aniq maqsad va vazifalarni koʻzlab ish yuritadigan gidrologik stansiya va kuzatuv manzillari mavjud. Oʻzbekistan hududida dastlabki gidrologik manzil 1896-yil Norin daryosi (Uchqoʻrgʻon yaqini)da tashkil etilgan. 1901-yildan Chirchiq daryosi (Xoʻjakent qishlogʻi yaqini)da, 1913-yildan esa Amudaryo (Nukus yaqini) da tashkil etilgan manzillarda Doimiy gidrologik kuzatishlar olib boriladi. Kuzatish manzillari soni yil sayin ortib bordi. 2000-yilda 120 dan ortiq gidrologik stansiya va kuzatuv manzili ishladi. Yuza suvlarning sifatini kuzatish ham G.t. (70 ta daryo va soyda, 11 ta suv omborida, 114 ta kuzatish joyi)da amalga oshiriladi. Ularda 65 gidrokimyoviy va 3 gidrobiologik koʻrsatkichlar aniqlanadi (2000). G.t.da toʻplangan maʼlumotlar ayrim tabiiy yoki maʼmuriy hududlar suv zaxiralari miqdorini va sifatini baholashda hamda ulardan samarali foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |