Gidrolokator
Gidrolokator (gidro... va lot. loco —joylashtiraman) —suv ostidagi obyektlarning vaziyatini tovush signallari yordamida aniqlaydigan gidroakustik stansiya (asbob). G. yordamida suv ostidagi obyekt (mas, choʻkkan kema)gacha boʻlgan masofa, qiya uzoqlik boʻyicha suvga botish chuqurligi, vertikal tekislik boʻyicha obyekt tomonga yoʻnalish burchagi aniqlanadi. G.ning ishlash tarzi quyidagicha: generator ishlab chiqaradigan elektr kuchlanishlar impulsi "qabul qilish —uzatish" uzibulagichi orqali elektrakustik vibratorga boradi. Vibrator akustik impulslarni muayyan burchak ostida yoki hamma yoʻnalishlarda suvga tarqatadi. Obʼyektga tegib qaytgan impulsli signallar maxsus asboblar (rekorder, radiokarnay, telefon, elektronnurli trubka) da qayd qilinadi va ishlov beriladi hamda tegishli koʻrsatkichlar aniqlanadi.
G. obyektni qidirish usuliga koʻra, odimli qidirish, sektorli qidirish va doiraviy kuzatuv xillariga boʻlinadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |