Gidrolokatsiya (gidro... va lot. locatio —tarqalish) —suv osti obʼyektlari (mas, suvga choʻkkan kema) vaziyatini obʼyektlarning oʻzi tarqatayotgan (sust lokatsiya) yoki sunʼiy hosil qilingan akustik signallarning suv obʼyektlaridan qaytishi natijasida yuzaga keladigan (faol lokatsiya) akustik signallar vositasida aniqlash. G. kemalar harakatida koʻrinmaydigan suv osti toʻsiqlarini oshkor qilishda, baliq toʻdalarini aniklashda, okeanning fizik xossalarini tadqiq qilishda, choʻkkan kemalarni izlash va b.da katta ahamiyatga ega.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil