Gidrosamolyot (gidro… va samolyot) – suvdan koʻtarilishga, suvga qoʻnishga va suvda suzishga moslangan samolyot. Samolyot shassisiga gʻildiraklar oʻrniga qalqovuchlar oʻrnatiladi yoki korpusi toʻgʻridan-toʻgʻri suvga qoʻnishga moslashadi. Qalqovuchlar yogʻoch yoki metaldsan ichi boʻsh qilib yasaladi. Barcha katta gidrosamolyotlar „uchuvchi qayiq“ shaklida metalldan ishlab chiqariladi. Baʼzi gidrosamolyotlarda ham gʻildirak, ham qalqovuch boʻladi („samolyot-amfibiya“). Gidrosamolyotdan baliq toʻdalarini qidirish, dengizda halokatga uchragan odamlarni qutqarish, oʻrmondagi yongʻinni oʻchirish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil