Gidrostat (gidro... va yun. statos — qoʻzgʻalmas) —suv ostida tadqiqotlar olib borish va suv osti ishlarini bajarish uchun moʻljallangan apparat. G. alyuminiymagniy qotishmalari, shisha-plastika va b. materiallardan shar yoki silindr shaklida yasaladigan kamera. Suv ostini kuzatish qurilmalari, havoni regeneratsiyalash tizimi, yoritqichlar, ilmiy tadqiqot asboblari, kino-fotoapparatlar, elektr uzatishli liniyalari, kabel aloqalari bilan jihozlanadi. U sim arqon (tros) bilan kemadan suv ostiga tushiriladi. Kamera ichida 1—3 operator ishlaydi. G.ni 300 m gacha suv ostiga tushirish mumkin (yana q. Batiskaf).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil