Gidrosulfatlar
Gidrosulfatlar, bisulfatlar — sulfat kislota (H2SO4) ning nordon tuzlari, mas, NaHSO4. Faqat ishqoriy metallarning G.i maʼlum. Ular quyi temperaturalarda tegishli sulfatlarni sulfat kislota bilan oʻzaro taʼsir ettirib olinadi: K2SO4+H2SO4=2KHSO4. Kaliy va natriy G. qizdirilganda tarkibidagi suvini yoʻqotib pirosulfatlarga aylanadi: gKNvO^^ZzO^NrT. Pirosulfatlar suyuqlanish temperaturasidan yuqori temperaturagacha qizdirilganda sulfatlar hamda sulfat angidridga ajraladi: K2S2O7->K2SO4+SO3T Bundan kuydirilgan, kislotalarda erimaydigan alyuminiy, xrom va temir oksidlarini eruvchan holatga oʻtkazishda, ularni G. (yoki pirosulfatlar) bilan birga yuqori temperaturada suyuqlantirib sulfatlar olishda foydalaniladi: A12O3+3K2S2O7=A12(SO4)3+3K2SO4.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |