Gidrotexnik zulfin
Gidrotexnik zulfin -gidrotexnik inshootlar (toʻgʻon, shlyuz, quvur, baliq oʻtkazgich, gidrotexnika tunneli va b.)ning suv oʻtkazuvchi teshiklarini toʻla yoki qisman berkitadigan qurilma. Asosiy qismi qoʻzgʻaluvchan qurilma, tayanch qismlar va zichlagichlardan iborat. Zulfinlar statsionar (muqim) boʻladi yoki harakatlanuvchi mexanizmlar (chigʻir, koʻtarish krani, gidravlik koʻtargichlar) yordamida; kam suv oʻtkaziladigan joylarda qoʻlda ochiladi yoki yopiladi. Koʻpincha, masofadan turib yoki avtomatik tarzda boshqariladi. G. z. inshootda joylashishiga koʻra sirtqi (suv tushirmasi tepasida) va chuqur (yuqorigi byef sathidan pastda); vazifasiga koʻra asosiy (ish zulfini); taʼmirlash paytida foydalaniladigan, avariya sodir boʻlganda ochiladigan, qurilish zul-finlari; zaxira; tuzilishiga koʻra segmentli, sektorli valikli va b.; materialiga koʻra metall (poʻlat), yogʻoch, temir-beton, plastmassadan yasalgan xillarga boʻlinadi (rasmga q.). Mexanik tarzda ishlaydigan sirtqi zulfinlar keng ishlatiladi. Bular oddiyligi va puxta ishlashi bilan boshqalaridan farq qiladi. G. z. suv sathi va sarfini rostlash uchun, kema, yogʻoch, oqiziqlar va b.ni oʻtkazib yuborish uchun xizmat qiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |