Gidrotexnika tunneli
Gidrotexnika tunneli -ustki tuproq qatlamini qazib olmagan holda yer qobigʻiga quriladigan yer osti suv oʻtkazgichi. G. t. grunt (tuproq)ni qazib ochish qiyin boʻlgan, aholi zich joylashgan yoki oʻpirilib tushadigan tik nishabli yerlarga, suv oʻtkazgich chuqur joylashgan yerlarga quriladi. Vazifasiga koʻra, energetika, irrigatsiya, kema qatnovi, qurilish (gidrouzellarni qurishda vaqtinchalik suvni burish uchun) G.t.lariga boʻlinadi. G. t. kesim yuzining shakli va oʻlchamlari qurshab olgan togʻ jinslaridan chiqadigan suvning harakatiga, togʻning tik va yonlama bosimi qiymatiga qarab (oval, toʻgʻri toʻrtburchakli, teganasimon, taqasimon, doira) qabul qilinadi. Suv bosimi yuqori hududlardagi yirik gidrouzellar qurilishida G. t. bir necha bosqichli qilib quriladi. Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omboriga qurilgan G. t.ning diametri 12 m, uz. 774 m.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |