Gifa (yun. hyphe — toʻqima) — zamburugʻlarning vegetativ tanasi — mitseliysini tashkil etuvchi, har tomonga tarqalgan mikroskopik ipchalar. G.lar hujayra toʻsiqlarisiz, yaʼni bir hujayrali (tuban zamburugʻlar) yoki koʻp hujayrali (yuksak zamburugʻlar) koʻrinishida boʻladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil