Gijda —non turi. Tandirda yopiladigan G. uchun un elanadi, xamirturush solib xamir qoriladi. Xamir uzoq pishitiladi va oʻrab oshiriladi. Oshgan xamirdan 300 g atrofida zuvala uzib, non yasaladi, oʻrtasiga bir marta chakich uriladi yoki oʻrta barmoq kattaligidagi tayokcha chekiladi. Tandirga yopish oldidan har bir nonning orqasiga suv sepilib, yuziga yog surtiladi. Non zavodlarida G. maxsus pechlarda pishiriladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil