Gijjaga qarshi dorilar -gelʼmintozlart organizmdagi gijjalarni yoʻqotish maqsadida ishlatiladigan dorilar. Ular koʻpincha gijjaning turiga qarab buyuriladi, mas, enterobioz va askaridozni davolash uchun pirantel (kombantrin, gelmintoks), vermoks, sitraks, dekaris (levamizol)dan foydalaniladi. 200—300 g qovoq urugi ham yaxshi naf beradi. Gimenolepidoz va b. tasmasimon gijjalarga qarshi fenasal preparati ichiladi; keyin tozalovchi huqna qilinadi. Yuqoridagi dorilarni ichish tartibi (nahorda, kechqurun yotish oldidan, ovkatdan oldin yoki keyin) va miqdorini vrach belgilaydi; bular koʻpincha preparatning yorligʻida ham koʻrsatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Gijjalar asosan gigeniyaga rioya qilinmagandan,hul mevalardan,yuvilmagan kukatlar,yaxshi pishtmagan gusht mahsulotlaridan,bolalarga uyinchoqlar orqali, muddati utgan ichimliklar orqali yuqish xavfi kuproq