Gila Almagor
Gila Almagor (1939-yil 22-iyul) — isroillik teatr va kino aktrisasi, yozuvchi, ssenariy muallifi va prodyuser. Uning tugʻilgandagi ismi Gila Aleksandrovich boʻlgan.
Gila Almagor | |
---|---|
Tavalludi |
22-iyul 1939-yil |
Ijod qilgan tillari | Ivrit[1] |
Fuqaroligi | Isroil |
Hayoti
tahrirGila Almagor Britaniya Falastinining Petax-Tikva shahrida, Germaniyadan koʻchib kelgan Maks Aleksandrovich oilasida tugʻilgan. U otasi Hayfada politsiyachi boʻlib ishlayotganida arab snayperidan halok boʻlganidan toʻrt oy keyin dunyoga kelgan. Onasi Genya uni yolgʻiz tarbiyalagan. Gila oʻn toʻrt yoshga toʻlganida, Germaniyadagi barcha qarindoshlari Holokost paytida halok boʻlgani sababli onasiga ruhiy kasallik tashxisi qoʻyilgan[2]. 1954-yilda onasi kasalxonaga yotqizilgan, Gila esa Hadasim qishlogʻidagi internatga yuborilgan.
Ikki yildan soʻng, Gila Tel-Avivga koʻchib, Habima teatri yaqinidagi xonadonni ijaraga olgan va aktyorlik maktabiga qatnay boshlagan. Juda yosh boʻlishiga qaramay, uni qabul qilishgan[3]. Oʻn yetti yoshida Gila Almagor kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirganidan keyin Habima teatrida rol oʻynay boshlagan. Uning birinchi spektakli „koja nashix zubov“ deb nomlangan[4]. 1960-yilda u „Goryachie peski“ nomli ilk badiiy filmida suratga tushgan. 1963-yilda Li Strasberg nomidagi Teatr va kino institutida oʻqish uchun Amerikaga joʻnab ketgan. Shu bilan birga, HB studiyasida Uta Hagendan aktyorlik mahoratini va Anna Sokolovadan zamonaviy balet sanʼatini oʻrgangan[5]. 1965-yilda Isroilga qaytib, „Kameri“ teatrida oʻynay boshlagan. Bir yildan soʻng teatrni tark etib, mamlakatning boshqa teatrlari bilan hamkorlik qila boshlagan. U ikkita avtobiografik kitob yozgan, ikkalasi ham ekranlashtirilgan. U Habimaning sobiq direktori Yaakov Agmon bilan turmush qurgan. Uning ikki farzandi bor.
Ijodi
tahrirGila Almagor koʻplab teatr spektakllarida yetakchi rollarni ijro etib, qirqdan ortiq filmda, asosan Isroil kinofilmlarida suratga tushgan. Uning dastlabki yirik yutuqlari qatoriga „Koroleva dorogi“, „Jizn po Agfe“, „Dom na ulitse Shlush“ filmlaridagi bosh rollar kiradi. Stiven Spilbergning „Myunxen“ filmida Avnerning onasi rolini ijro etgan. Oʻzi ham rol oʻynagan, ham produseri boʻlgan „Pod tutovim derevom“ filmi Kann kinofestivalida Isroil nomidan taqdim etilgan, dunyo boʻylab koʻplab festivallarda namoyish etilgan. 2007-yilda Isroilning „Dolg“ (axov) filmida suratga tushgan boʻlib, keyinchalik shu asar asosida Jon Madden „Rasplata“ filmini suratga olgan.
Mukofotlari
tahrirGila Almagor jami 50 ga yaqin mukofotga sazovor boʻlgan. U teatr va kinodagi faoliyati uchun 10 ta Kinor David mukofotini qoʻlga kiritgan.
1993-yilda u 18-Moskva xalqaro kinofestivalining hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan[6].
1996-yilda esa 46-xalqaro kinofestival hakamlar hay’atida ishtirok etgan[7].
1990-yilda „Yediot Axronot“ gazetasi va Isroil kino instituti uni oʻn yillikning eng yaxshi aktrisa sifatida tan olgan[2].
2004-yilda u kino sohasida Isroil Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan[8][9]. 2009-yilda Ben-Gurion universiteti va Tel-Aviv universiteti unga faxriy doktorlik unvonini taqdim etgan[10].
Filmografiyasi
tahrirYil | Nomi | Obraz | Izoh |
---|---|---|---|
1963 | El Dorado | Margo | |
1964 | Sallah Shabati | Batsheva Ha'Sosialit | |
1965 | Trunk to Cairo | Yasmin | |
1973 | The House on Chelouche Street | Clara | |
1993 | Life According to Agfa | Daliah | |
2005 | Munich | Avnerning onasi |
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Encyclopedia of Jewish Women“. Jwa.org (2009-yil 1-mart). 2013-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-sentyabr.
- ↑ „About Gila Almagor“ (deadlink). google.com. 2003-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Israeli speakers“. Israeli speakers. 2013-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-sentyabr.
- ↑ „биография на сайте Государственной премии Израиля“. 2013-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-may.
- ↑ „18th Moscow International Film Festival (1993)“. MIFF. 2013-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-mart.
- ↑ „Berlinale: 1996 Juries“. berlinale.de. 2013-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
- ↑ „Israel Prize Official Site (in Hebrew) – Recipient's C.V.“. 2013-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-iyul.
- ↑ „Israel Prize Official Site (in Hebrew) – Judges' Rationale for Grant to Recipient“. 2013-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-iyul.
- ↑ „Biography at the Institute for Translation of Hebrew Literature“ (deadlink). Ithl.org.il (2010-yil 15-sentyabr). 2001-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-sentyabr.