Gilozoizm (yun. hyle — modda va zoe — hayot) — materiyaning barcha turlarini jonli deb hisoblaydigan taʼlimot. Materiyaning barcha shakllari sezish va fikrlash qobiliyatiga ega deb biladi. Terminni 1678 yilda ingliz faylasufi R. Kedvort (1617— 88) kiritgan. Bunday qarash yunon falsafasi (Ioniya faylasuflari, Empedokl, Anaksagor, Fales), qisman stoitsizm, Uygʻonish davri naturfalsafasi (B. Telezio, J. Bruno, T. Paratsels), 18-asr fransuz materialistlari, jumladan, D. Didro dunyoqarashi, F. Shelling naturfalsafasi uchun xos boʻlgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil