Gimnasiy (yun. gymnasion) — Yunoniston shaharlari va ellinistik Sharkda davlat oʻquv-tarbiya muassasasi. Gimnasiylarning paydo boʻlgan vaqti haqida aniq maʼlumot yoʻq. Mil. av. 5—4-asrlarda keng tarqalgan. Gimnasiy avval jismoniy mashqlar bilan shugʻullaniladigan maskan sanalgan. Keyinchalik yoshlarning musiqiy (akliy va estetik) hamda gimnastik (axloqiy va jismoniy) rivojlanishini taʼminlovchi, shu bilan birga birbirlari bilan muloqotda boʻlish markaziga aylangan. Gimnasiydavlat nazoratidagi maktab boʻlgan. Unga zodagon quldorlar oilasining palestra (Yunoni-stondagi 12—16 yoshli bolalarning gimnastika maktabini tugatgan 16 yoshli farzandlari qabul qilingan. Ular gimnasiyda 18 yoshgacha gimnastika bilan shugʻullanishgan hamda adabiy, falsafiy va siyosiy taʼlim olishgan. Gimnasiyda taʼlim olayotgan bolalarning qanchalik chiniqqan, chidamli, sogʻlom, jismonan va ruhan baquvvatligi davlat tomonidan nazorat qilingan. Falsafa, adabiyot, siyosatga doir bilimlarni mamlakatdagi tanikli kishilar olib borishgan. Gimnasiylar ichida Platon oʻz shogirdlari bilan suhbat oʻtkazgan Akademiya va Aristotel tashkil etgan Likey (qarang Litsey) mashhur boʻlgan. Gimnasiyni tugatgan yigitlar efebiya maktabida harbiy bilim olishgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil