Ginekomastiya (yunoncha: gyne - ayol, mastos — koʻkrak) — erkaklar koʻkrak bezining ayollarnikiga oʻxshab kattalashishi. Chin va soxta boʻladi. Chin G.da koʻkrak bezining hamma toʻqimalari rivojlanadi, soxta G.da esa yogʻ toʻplanadi. Asosan 18—25 yashar kishilarda uchraydi. Aksariyat endokrin, jumladan jinsiy bezlarning birlamchi kasalliklari belgilaridan biri hisoblanadi. Bemorning ovozi ayollar ovoziga oʻxshab qrladi, soqol-moʻylov chiqmaydi, jinsiy aʼzolar ham toʻla takomillashmaydi. Jigar sirrozida ayollar jinsiy gormoni (estrogen) almashinuvi buzilishi natijasida ham G. paydo boʻlishi mumkin. Bemor doridarmonlar bilan davolaniladi, ular yordam bermasa, jarretushk usuli qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil