Giosuè Carducci (1835.27.7, Toskana, Valdikastello — 1907.16.2, Bolonya) — italyan shoiri, adabiyotshunos. Ilk ijodi Italiyani birlashtirish gʻoyalari bilan sugʻorilgan ("Yoshlik sheʼrlari", 1860; "Yengil mashaqqat", 1860). Carducci 19-asrning 60-yillarida milliyozodlik harakati rahbarlari J. Madzini va J. Garibaldi tarafdorlari safida boʻlgan. Keyinchalik Birlashgan Italiya harakatining faol aʼzosiga aylangan. "Shayton huzuriga" (1863) dostoni, "Yamblar va epodlar" (1882) va b. sheʼriy toʻplamlarida Italiya ozodligi yoʻlida kurashgan jangchilar jasorati aks ettirilgan. "Yangi sheʼrlar" (1861—87), "Yovvoyilik qasidalari" (1877—93) sheʼriy asarlarida mavjud voqelik tasviri hamda antik adabiyotga xos koʻtarinki ruh ustunlik qiladi. K. Dante, Petrarka, Bokkachcho va b. haqidagi ilmiy maqolalar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1906).[3]

Giosuè Carducci
Giosuè Carducci3 (cropped).jpg
Tavalludi 27-iyul 1835
Vafoti 16-fevral 1907 va 1907[1]
Ijod qilgan tillari Italyan tili[2]
Fuqaroligi Kingdom of Italy
Imzosi
Giosuè Carducci (signature).jpg

ManbalarTahrirlash

  1. — С. 18.
  2. (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil