Giperbazitlar (giper... va yun. basis — asos) — Yer poʻstining chuqur Femida magmaning sekin-asta sovib qotishidan hosil boʻladigan oʻta asosli intruziv jinslarning umumiy nomi. G. tarkibidagi minerallarga karab: olivinit, dunit, piroksenli olivinit, peridotit, piroksenitga boʻlinadi. Mineral tarkibi olivin, piroksen, amfibol va rudali minerallardan tashkil topgan. Rangi yashil, krramtir. Oʻzbekistonda Sulton Uvays, Beltov, Nurota togʻlarida uchraydi. G. bilan xromit, platina, olmos, titan, nikel konlari bogʻliq. G. binokorlikda va haykaltaroshlikda bezash materiali sifatida ishlatiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil