Giperkapniya
Giperkapniya (giper... va yun. Kapnos — tutun) — arterial qonda (organizmda ham) karbonat angidrid (SO,) parsial bosimining (miqdorini ham) normadan koʻpayib ketishi. SO2 ortiqcha boʻlgan havodan nafas olinganda, miyadagi nafas markazining qoʻzgʻaluvchanligi susayishi sababli oʻpka ventilyatsiyasi kamayganda, oʻpka emfizemasi, asfiksiya va b. holatlarda kuzatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |