Gipertenziya (giper... va lot. Tensio — kuchayish) — aslida qon tomirlari, organizm kovak aʼzolari, boʻshliqlari va toʻqimalarda gidrostatik bosimning ortishini anglatuvchi umumiy tushuncha. Gipertenziya termini koʻproq kalla ichki bosimi va kon tomirlari (arteriya va vena) bosimi oshganda qoʻllaniladi (qarang Gipertoniya kasalligi). Gipertenziya holati ayrim kasalliklar belgisi boʻlishi yoki baʼzan shu aʼzolar bosimining muntazam ortishi, ular faoliyatining izdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Goho sogʻlom kishilarda ham gipertenziya kuzatiladi va hech qanday asorat qoldirmay, tezda oʻtib ketadi. Gipertenziyaning oldini olish uchun uni vaqtida aniqlab davolatish va unga sabab boʻladigan omilni bartaraf etish lozim. Arterial gipertenziya bu qon aylanishining tizimli doirasidir

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil