Gipertonik eritmalar
Gipertonik eritmalar - osmotik bosimi odam, hayvon va oʻsimlik hujayralari ichidagi suyuqlikning osmotik bosimidan yuqori eritmalar. Gipertonik eritmalar mikrobga qarshi taʼsir etganda toʻqimalar, jumladan, ayrim hujayralar (mikroblar) suvini yoʻqotib, bujmayib qoladi (qarang Plazmoliz) va ularning hayot faoliyati keskin pasayadi. Gipertonik eritmalar gipotonik eritmalar va izotonik eritmalar bilan birga tirik toʻqima va hujayralardagi osmotik bosimni oʻlchash uchun qoʻllanadi. Goʻsht, baliq va sabzavot mahsulotlari tuzlanganda osh tuzi gipertonik eritmalar konservalovchi mahsulotlarga taʼsir koʻrsatadi. Yalligʻlanish jarayonlarini tuzatishda ham gipertonik eritmalardan foydalaniladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |