Gipervolemiya — umumiy qon hajmining oshishiga aytiladi[1].

  1. Oddiy gipervolemiya — eritrositlar bilan plazma o’rtasidagi nisbat me`yorda saqlangan holda qon umumiy hajmining ko’payishi. Bunday holat ko’p miqdorda qon quyilganida paydo bo’ladi. Ammo ko’p o’tmay qonning suyuq qismi tomir o’zanidan chiqib ketadi, eritrositlar esa tomirlar ichida qoladi va qonning quyuqlashishi kelib chiqadi. Kuchli jismoniy mehnat vaqtida ham oddiy gipervolemiya paydo bo’ladi. U umuman qon oqimiga depodagi qonning o’tishi bilan bog`liq.
  2. Oligositemik gipervolemiya. – qon hajmining plazma hisobiga ko’payishi (gidremiya). Bunday holat suyuqlikning organizmdan chiqarilishi buzilganda, jumladan buyrak kasalliklari (diffuz glomerulonefrit, o’tkir va surunkali buyrak yetishmovchiliklari), yurak yetishmovchiliklari tufayli organizmda suvning to’planishida hamda organizmga qon o’rnini bosuvchi suyuqliklar jo’natilganida paydo bo’ladi. Uni eksperimentda hayvonlarda modellashtirish mumkin. Buning uchun hayvonning venasiga natriy xloridning izotonik eritmasi yuboriladi.
  3. Polisitemik gipervolemiya deb qon hajmining eritrositlar miqdorining ko’payishi evaziga ortishiga aytiladi. Bunday holat qon komponentlarini (eritrositar, trombositar massalar) quyganda, tog`li hududlarda yashovchilarda, gipoksiyalarda, atmosfera bosimining pasayishida, shuningdek organizmning oksigenga talabi qondirilmasligi bilan bog`liq kasalliklarda (yurak tug`ma nuqsonlari, o’pka emfizemasi) kabilarda paydo bo’ladi va uni kompensator holat sifatida qaraladi[2].

Ammo eritremiyada, ya`ni surunkali leykozning bir ko’rinishida polisitemik gipervolemiyaning yuzaga kelishi suyak ko’migida eritrositlarning qator o’sma hujayralarini ko’payib ketishining oqibati hisoblanadi. Bunda aylanib yuruvchi qon hajmi eritrositlar ko’payishi hisobiga 40-60%ga oshadi[3].

Manbalar

tahrir
  1. „Гиперволемия“. online.zakon.kz. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  2. „Гиперволемия“. www.wikiwand.com. Wikiwand. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  3. Azimov, Rаhimjоn Qаyumоvich. Patofiziologiya, Qon patofiziologiyasi, 2010, Toshkent — 138-150-bet.