Gipogen minerallar

Yer osti qazilmalar

Gipogen minerallar - (gipo... va yun. genes — kelib chiqishi) — Yer poʻstining chuqur qismida mineral hosil boʻlish jarayonlari natijasida vujudga keladigan minerallar. G. m.ga silikatli va sulfid oksidli magmaning kristallanishidan hosil boʻlgan minerallar (dala shpatlari, piroksenlar, olivin, xromit, titanomagnetit va b.), gazsimon birikmalarga boy qoldiq (pegmatit) eritma minerallari (slyudalar, topaz, berill va b.), kontakt-metasomatik minerallar (granatlar, vezuvianlar, magnetit, sheelit va b.), gidrotermal ruda tomirlari minerallari (flyuorit, volframit, kassiterit va b.) va vulkan buglari minerallari (oltingugurt va b.) kiradi. G. m. paydo boʻlish jarayoni gipo gen jarayonlar deyiladi. G. m.ning koʻplari Yerning yuza qismida barqaror emas va nurash natijasida gipergen minerallarga aylanadi. G. m. turini aniqlash ular bilan bogʻliq boʻlgan foydali qazilmalarni qidirib topishga imkon beradi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil