Gipoidli uzatma - vintli tishli uzatma; ayqash oʻqli konussimon tishli gʻildirakdan iborat. Gʻildiraklarning tishlari qiyshiq va egri chiziqli boʻlishi mumkin. Shovqinsiz ishlashi, katta zoʻriqishlarga chidamliligi bilan boshqa uzatmalardan farq qiladi. Ish vaqtida tishlarda koʻndalang va boʻylama ishqalanish paydo boʻladi, shuning uchun tishlar doimo moylab turiladi. Avtomobil va traktorlar, teplovozlar, toʻqimachilik stanoklari va b.da qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil