Gipomorfoz (gipo... va yun. morphe — shakl, koʻrinish) — organizmlar tuzilishining rivojlanmasdan ikkilamchi soddalashuvi; biologik progressning asosiy yoʻnalishlaridan biri. G. koʻpincha tur ajdodlari individual rivojlanishidagi soʻnggi davrlarning tushib qolishida namoyon boʻlib, organizmning boshqa muhitga oʻtishi bilan bogʻliq (suvda va quruklikda yashovchilarning quruqlikka chiqishi). Neoteniya - ayrim dumli suvda va quruklikda yashovchilar ontogenezining lichinka davrida toʻxtab, jinsiy voyaga yetgan organizm singari koʻpayish xususiyatiga ega boʻlishi G.ga misol boʻla oladi. G. katamorfoznshg xususiy koʻrinishlaridan biridir.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil